Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga qarshi (4:1) EChL finalida dubl qayd etdi va jamoasining g'alabasiga o'zining munosib xissasini qo'shdi. Uchrashuvdan so'ng esa Ronaldu o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Men juda xursandman. Pasportdagi yosh – bu shunchaki raqamlar. Men o'zimni bolakayday xis etmoqdaman. Men yana bir buyuk mavsumni o'tkazdim. Biz sheriklarimiz bilan birga ikkita sovrinii qo'lga kiritdik va dubl qayd eta oldik. Bu mening faoliyatimdagi eng yaxshi davrlardan biri bo'ldi.
Final teng kurashlar ostida o'tdi. Ayniqsa, birinchi bo'limda “Yuve” ajoyib o'ynadi. Hujumlar qildi. Biroq ikkinchi bo'limda biz super o'yin namoyish etdik. Bilishimcha, bu “Real”ning mavsum davomida o'tkazgan eng yaxshi ikkinchi taymi bo'ldi.
Butun turnir davomida 3 ta to'p o'tkazgan jamoa bilan o'yinda chempion bo'lish, juda qiyin”, – deb portugaliyalik yulduzning so'zlarini keltirib o'tdi UEFA rasmiy sayti.