"PSJ" prezidenti Nasser Al-Xelaifi braziliyalik futbolchi Neymarni ushbu yozda "Real Madrid"ga o'tmasligini aytib o'tdi.
"Ispaniya OAV bu haqida oktyabrdan beri aytib kelishmoqda, ular Neymarning noroziligini aytmoqda. Ammo buning barchasi yolg'on va men bu haqida muhokama qilishga xojat yo'q. Men 2000% ishonchim komil Neymar "PSJ"da qoladi. Neymar - bizning "kalit" o'yinchimiz. Ishonchim komilki uning o'zi ham "PSJ"da qolishni xohlaydi. U yarim mavsum biz bilan birga bo'ldi va ishonchim komil kelgusi mavsumda u Yevropaning eng yaxshi futbolchisi ekanligini isbotlaydi. Keyingi mavsum Chempionlar Ligasida bizning yilimiz bo'ladi, - deydi Nosir Al-Xelaifi.
Bobojonov