"Real" yarimhimoyachisi Lukas Vaskez Ispaniya primerosining so'nggi baxsida "Sevilya"ga qarshi kechgan uchraashuvda o'z jamoasi foydasiga 11 metrlik nuqta ishlab berdi. Bundan oldingi safar Vaskez Chempionlar Ligasi "Yuventus"ga qarshi o'yinda ham 93-daqiqada Benatiyaning ishlatgan foli sabab o'z jamoasiga penalti ishlab bergan edi.
Galitsiyalik futbolchi o'z jamoasining 31,25% (3 marta) penaltilarida ishtirok etib kelmoqda. Ushbu mavsumda madridliklar 16 marta penalti tepishgan bo'lishsa, shularning 2 tasini 17-raqam egasi ishlab olgan. Undan tashqari - Garet Beyl, Toni Kroos va Teo Ernandes ham 2 ta penalti ishlagan bo'lsa. Karim Benzema, Ashraf, Kovachich, Modrich va Krishtianu Ronaldular ham bittadan penalti ishlab olishgan.
Bobojonov