Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL finali oldidan: «Qizillar» g'olib bo'ladimi, «qaymoqranglilar?»

Bu galgi Evropa Chempionlar ligasi finali har doimgidan-da o'zgacharoq kechadi.

.
- Yuklab olish

Bu galgi Evropa Chempionlar ligasi finali har doimgidan-da o'zgacharoq kechadi. Bu safar kutilmagan raqiblar turnir bosh sovrini uchun kurash olib borishadi. «Real» bu gal o'zi o'ynab o'rgangan «Bavariya», «Barselona» yoki «Atletiko»ga qarshi emas, hali to'liq kashf etib ulgurmagan «Liverpul»ga qarshi o'ynaydi.

«LIVERPUL»NING IMKONIYaTI — 50 FOIZ

Ha, Yurgen Klopp shogirdlarining imkoniyatini 30 yoki 40 foiz deb baholayotganlarga biroz shoshilmaslikni maslahat beramiz. Chunki, ehtimol, «mersisaydliklar» tarkib yoki mahorat jihatdan «Real» bilan tenglasha olmas, ammo hozir ingliz klubida iqtidor va shijoat etarli darajada.

Hammamizga ma'lum, oldinga shahd bilan intilib borayotgan insonni to'xtatish mushkul. Ayniqsa, o'sha insonning ishtahasi har doimgidan karnay bo'lsa. «Liverpul» hozir ana shu inson rolida. Yurgen Klopp shogirdlari uchun finalga chiqishning o'zi bir baxt edi, ammo ular chempionlik uchun ham intilishadi, bu — aniq.

«Liverpul»ning birinchi yutug'i — tarkib. Yosh, kuchli, tezkor futbolchilar, har biri g'alabaga chanqoq, har biri Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritishga mushtoq. «Real» uchun bu sovrin oddiy holga aylangan bo'lsa, «Liverpul» uchun mo''jizaning o'zginasi. Qolaversa, Yurgen Klopp ham, uning shogirdlari ham tushunib turishibdiki, bunday imkoniyat keyingi safar bo'lmasligi mumkin. «Liverpul» keyingi yili Evropa Chempionlar ligasi finaliga chiqa oladimi, yo'qmi, Xudo biladi. Shu bois mersisaydliklar finalda hayot-mamot jangini olib borishlari shubhasiz.

Bundan tashqari, Yurgen Klopp bitmas-tuganmas iqtidorga ega. U bir paytlar «Borussiya»ni boshqarganida aynan «Real»ni musobaqadan chiqarib yuborgandi. O'shanda «qirollik klubi» hozirgidan kuchli bo'lsa kuchli ediki, kuchsiz emasdi. Murabbiy ham yaxshigina tajribaga ega Joze Mourino edi. Ammo Klopp yarim finalda «Real»ni Evropa Chempionlar ligasidan chiqarib yubordi, o'sha paytda «Borussiya» ham iqtidorli, futbol tili bilan aytganda, katta futbolchilarga ega emasdi. Levandovski esa «Real»ga 4 ta gol urib, mashhurlikka erishgandi.

Bu safar biroz boshqacha. «Qizillar» safida allaqachon mashhurlikka erishgan futbolchi bor, bu — Muhammad Saloh. Qolaversa, germaniyalik mutaxassis qo'l ostida tezkor o'yin ko'rsata oladigan, kerak paytda qarshi hujum tezligini oshira biladigan futbolchilar etarli. Bu esa Kloppga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. «Real»ning finalda birinchi raqam ostida o'ynashini inobatga olsak, o'z-o'zidan «Liverpul»da, albatta, qarshi hujum uchun imkoniyatlar bo'ladi.

Klopp — taktika jihatidan juda kuchli murabbiy. U agar «Real»ga qarshi 

Davomi

BestMaster
12 May 2018, 09:50
finali, oldidan, «qizillar», golib, boladimi, «qaymoqranglilar?»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 6
 Jonipay1987  
Кайсидир жамоа кучли булиб ЧЛни 3 бор ютишга якин булса табийки уни йомон куришади. Муаллиф канча жон куйдирганингиз б-н йозгани булади. Утган 2 финал олдидан хам шундай гаплар булганди бу Реал учун одатий хол эмас 3 бор ютиш учун имконият бунакаси 1 асрда 1 булиши мумкин
12 May 2018, 11:41
 Zofik  
To'g'ri
12 May 2018, 11:46
 uuuuuu  
Давоми кани
12 May 2018, 15:46
 uzbrm  
Real Madriddek bolomidi hech qaysi jamoa
12 May 2018, 18:53
 odilcr7  
Real champion
12 May 2018, 22:52
 shaxamedic  
Saloh saloh hammayoqda saloh hali bu yil chiqdiyu Real birinchi raqamosidida top surishini tori aytibdi qarshi hujimini hiboblasak liverpulni imkoniyati 10%tashkil etad
14 May 2018, 09:29
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads