Marca gazetasining xabariga ko'ra, "PSJ" braziliyalik huumchisi Neymar bilan xayrlashmoqchi emas. Avvalroq futbolchining "Real"ga ztishi taxmin qilingan edi.
Manbaga ko'ra, "PSJ" o'yinchini o'z safida saqlab qolmoqchi. Klubdagilar bu mish-mishlarni tarqatayotganlar ushbu transferdan millionlar ishlab topmoqchi bo'layotganlardan chiqmoqda degan fikrda.
"Biz Neymarga narx qo'yganimiz yo'q, chunki u sotilmaydi. Bu ahmoqlik. Uning transferi bo'yicha kelishish imkoniyatlari nolga teng", - deydi klubdagi manba.
Braziliyalik 25 yoshli futbolchi parijliklar safida 20 uchrashuv o'tkazib, 19 ta gol urdi va 15ta golli uzatma oshirdi.