“Barselona” dunyodagi eng omadli brend deb tan olindi. Bu “Brand Finance” kompaniyasining hisob-kitoblari natijasida aniqlandi.
Ikkinchi o'rin “Real”ga nasib etdi. “Manchester Yunayted” esa uchinchi o'rin bilan kifoyalandi. Kuchli beshlikni “Bavariya” va “Liverpul” band etdi. Kuchli o'nlikdan esa “Arsenal”, “Chelsi”, “Yuventus”, “Manchester Siti” va “Tottenxem” joy oldi.