«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zi super qahramon bo'lgan multfilm suratga olmoqchi. Bu haqda Deadline nashri xabar tarqatdi.
Ronaldu haqida hikoya qiluvchi multipikatsion serial Striker Force 7 nomi ostida ekranlarga chiqariladi. Uning grafik dizayni ustida raqamli mobil kontent VMS Communications yaratuvchisi bo'lgan kompaniya Graphic India ish olib bormoqda. Ronaldu qahramoni nafaqat animatsion filmda, balki komiks o'yinlar uchun ishlatiluvchi qog'ozlardan ham joy oladi.
Ronalduning so'zlariga ko'ra, u har doim superqahramonlar rolini bajarishni orzu qilgan. «Futbol butun dunyo odamlari va madaniyatlarini birlashtiradi. mashhur multfilm qahramonlari ham xuddi shunday. Shunday ekan o'zimning ikki buyuk orzuimni birlashtirish imkoniyatiga ega bo'lganimdan xursandman: futbol va superqahramon», — deya gapirib o'tgan u.
Serial muallifi Ronalduning o'zi bo'ladi. Shuningdek unga mediaprodyuser Sharad Devaradjan ham prodyuser sifatida yordam beradi.