"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon EChL finalida "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:4) bu mosobaqada g'olib chiqishdan umid uzmaganini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz,39 yoshli jag'on chempioni chempionlar ligasida biron marta chempion bo'lmagan.
"Menda yana bir shartnoma bor. Bu menda chempionlar ligasida g'olib chiqish uchun yana bir imkoniyat bo'ladi, degani. Albatta, yakuniga etgan mavsumdagi o'yinimizdan yaxshiroq o'ynash qiyin. Bu mavsumda biz haqiqatan ham aqlbovar qilmas ishlarni bajardik. Afsuski, finalda yutqazdik", - deydi Buffon.