“Bavariya” futbolchisi Xavi Martinesning agenti mijozining xizmatlarini “Real”ga taklif qildi. Bu haqda “OkDiario”ning bosh eksperti Eduardo Inda xabar berdi.
“Real” Martinesga qiziqyaptimi, yo'qmi, bilmayman, ammo Chempionlar ligasidagi “Bavariya”ga qarshi o'yinda futbolchining agenti madridliklarga uni sotib olishni taklif qilgan”, dedi ekspert.
Ma'lumot uchun, Martinesning shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan, ammo futbolchi Bundesligani yozdayoq tark etishga tayyor.