Turin shahrida tashkil qilingan fan-zonada Chempionlar ligasidan o'rin olgan «Yuventus» – «Real» (1:4) o'yinini tomosha qilish vaqtida yuzaga kelgan tiqilinch yosh yigitlarning hazili oqibatida kelib chiqqan, deya xabar beradi Football Italia.
Ikki o'smir olomon bilan hazillashmoqchi bo'ldi va o'zlarini terrorchi qilib ko'rsatishdi. Kuzatuv kameralarida muhrlangan tasvirda yigitcha nimanidir deb qichqiradi, shundan so'ng odamlar har yoqqa qocha boshlaydilar. Politsiya har ikki o'smirni qo'lga olgan, ular ayblarini tan oldilar.
Turin perfekturasi tiqilinch vaqtida 1,5 ming odam jabrlaganini, bir necha kishi og'ir jarohatlar bilan reanimatsiyada yotgani (ular orasida bolalar ham bor) haqida e'lon qildi.