“Yuventus” “Real” ustozi Zidan bilan muzokara olib borish arafasida.
Turin klubi rahbariyati garchi jamoa yana bir Skudettoni qo'lga kiritishga yaqin bo'lsa-da, Massimiliano Allegrining jamoada qolishi borasida bir to'xtamga kelmagan. O'z navbatida “Real” prezidenti Florentino Peres ham omadsiz mavsum tufayli, hatto “Real” EChL g'olibi bo'lgan taqdirda ham Zidanni iste'foga chiqarishi mumkin. Shu bois “Yuventus” frantsiyalik mutaxassisni bosh murabbiylikka taklif qilishni mo'ljallagan.
Ma'lumot uchun, mavsum yakunlangach Allegrining kelajagi borasidagi yakuniy qaror chiqariladi.