Bu o'yin hech narsani hal qilmas edi. Shunga qaramay juda ham shiddatli o'tdi.
Birinchi va eng asosiy xulosa bu- «Barselona» o'zining mag'lubiyatsiz «seriya»sini davom ettirmoqda.
Bunday holat Ispaniya chempionati tarixida kuzatilmagan. To'g'ri «Atletik» (1929/30) va «Real Madrid» (1931/32) bunday natijani qayd etgan, ammo u payti mavsum 38 o'yindan emas bor yo'g'i 18 turdan iborat edi. «Barsa» so'nggi bor chempionatda bundan bir yil-u, bir oy oldin «Malaga» ga mag'lubiyatga uchragan. «Real» bugun bu natijani «buzish»ga harakat qildi. Ammo bunday bo'lib chiqmadi.
Shuni alohida aytib o'tish kerakki, «Barselona» ikkinchi taymda bir kishi kam bo'lib qoldi. Serdji Roberto birinchi taymning so'ngida Marseloning yuziga urgani uchun qizil kartochka bilan «siylandi». Bu «Klassiko» tarixidagi 2013-yildan beri birinchi qizil kartochka. Ungacha poytaxt klubi shu davr mobaynida 6 bor xafa qilingan. "Jabrlanganlar bilan tanishing: Ramos, Isko, Ramos, Ramos, Krishtianu va Karvaxal.
Serdji maydondan chetlatilganida, butun stadion norozi bo'ldi. Bunga asosiy sabab arbitr Ernandes Ernandes Garet Beyl Umtiti ning oyog'iga «tashlangan» edi. Bu Umtitiga jiddiy jarohat etkazishi muqarrar bo'lgan holat. Hakamlar eksperti Iturralde Gonsales bu holatga quyidagicha fikr bildirdi: «Bu qo'pol o'yin uchun qip-qizil kartochka berilishi kerak». Hakam esa sariq kartochkani ham «qizg'andi»
Bundan oldinroq esa Ramosga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun Messi ogohlantirilgan edi. Albatta, Messining sariq olganidagi qo'pollik shunga «tortar» edi. Ammo bu qo'pollik kelib chiqishiga asosiy sabab Suaresga bo'lgan qo'pollik edi. Hakam birinchi holatda jarima to'pini berganida ikkinchi «janjal» kelib chiqmasligi tayin edi.
Cadena CER radiosi orqali to'g'ridan to'g'ri efirda Messi hakamga nisbatan « sen ularga yordam berayapsan, ahmoq!» degani haqida ma'lumot berdi. Ramos ham «Barselona» yulduzi hakamga bosim o'tgizishga harakat qilganini tasdiqladi. «Bilmadim sizlarning bu yo'lakchangizda kamera bormi yoki yo'q. Ammo bu futboldan tashqarida»-dedi, norozi ohangda Ramos.
Klassiko har doimgidek ajoyib o'tdi. «Real» Ronaldusiz o'ynagani bu teatrga halaqit berdi. 14-daqiqadagi goldan so'ng u o'zini yaxshi his qilmadi. Ikkinchi taym oldidan u uchrashuvni davom ettira olmasligi ma'lum bo'ldi. Zidanning so'zlariga qaraganda hammasi joyida. U Davomi: