“OkDiario”ning keksa eksperti Eduardo Inda Neymarning “Real”ga o'tishi aniq ekanligini ta'kidladi.
“Agar kutilmagan holat yuzaga kelmasa, Neymar “Real”ga o'tadi. Uning narxi “PSJ” “Barselona” to'lagan 260 mln evrodan 20-25 foiz ko'proq bo'ladi. Ehtimol, 300 mln evro bo'lar. Ko'pchilik “PSJ” Neymar uchun “Barselona”ga 222 mln evro, futbolchining otasiga esa 40 mln evro to'laganini ta'kidlamoqda.
Agent Pini Zaxavi Neymarning transferini hal qilish arafasida, u bu transferni jahon chempionati oldidan e'lon qilishi mumkin”, dedi Inda.
Shuningdek, ekspert Neymarning “Real”da ayni damda Modrichga tegishla bo'lgan 10 raqamda to'p surishini ham aytib o'tdi.