“Roma” himoyachisi Kostas Manolas yozda “Real”ga o'tishi mumkin. Italyan klubi futbolchini qo'yib yuborishga tayyor.
“Marca” nashriga ko'ra, Manolasga “Real” asosiy da'vogar hisoblanmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, Rim klubi yozda moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun bir nechta futbolchisini sotishi kerak.