“Bavariya” darvozaboni Sven Ulrayx jamoaning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Myunxen klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Ma'lumot uchun, Ulrayx EChL yarim finali javob o'yinida “Real”dan sharmandali gol o'tkazib yuborgan, bu o'yin esa 1 mayga to'g'ri kelgandi.
Joriy mavsumda Ulrayx 45 ta rasmiy o'yinda maydonga tushdi va 40 ta gol o'tkazib yubordi.