“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich yozda jamoadan ketishi va “Yuventus” safiga o'tishi mumkin.
“Tuttosport” nashriga ko'ra, 32 yoshli futbolchining agenti Marko Naletelich futbolchining kelajagi haqida shunday deydi:
“Men Lukani juda yaxshi bilaman, u Italiyada tajriba oshirgan. Hech qachon hech qachon demang, ayniqsa, futbolda.
Agar Modrich “Real”dan ketishga qaror qilsa, faoliyatini Italiyada “Yuventus”da davom ettirishi mumkin. Turin klubi futbolchi uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Ammo bu yog'i Modrichning xohishiga va “Yuventus”ning iqtisodiy salohiyatiga bog'liq”, dedi agent.