"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino soliq to'lashdan bosh tortish ishi bo'yicha Ispaniya sudi bilan kelishib oldi
Portugaliyalik mutaxassis Ispaniya g'aznasiga 800 ming evro jarima to'laydi va 12 oylik qamoq jazosidan ozod bo'ladi.
Mourino 2011-2012 yillarda imij huquqlaridan foydalanishda 3,3 million evroni soliqdan yashirgan. U bu davrda "Real"ni boshqargan.
Avvlroq 2015 yilda mutaxassis vaziyatni yumshatish uchun 4,5 million evro to'lagan. Ammo ko'p o'tmay, ishning yangi qirralari ochilgan, oqibatda u yana jarima to'lashga majbur bo'ldi.