"Roma" yarimhimoyachisi Raja Nainggolan EChL finalida "Yuventus"ning "Real"dan mag'lub bo'lganidan so'ng (1:4) turinliklarning ishqibozlari ustidan kuldi.
Belgiyalik futbolchi hafta o'rtasidayoq turinlik ishqibozlar bilan ularning "Yuve" EChL finalida mag'lub bo'lishi haqida tortishib keladi.
"Qanday go'zal kecha! Meni haqorat qilgan va "Yuve"ning g'alabasi haqida oldindan gapirganlarga javob bergim kelyapti. "Yuventus" muxlislariga aytar gapim: "Hech qachon muhim o'yin oldidan gapirmang. Uch kun avval botir edingiz, endi nima deysiz?", - deydi Nainggolan.