Ispaniya terma jamoasi 28 may kunidan boshlab, JCh-2018 musobaqasiga tayyorgarlikni boshlaydi.
Ispaniyaliklarning yig'ini EChL finalidan ikki kun o'tib boshlanishi munosabat bilan “Real” futbolchilari dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazib yuboradi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining ma'lum qilishicha, murabbiy Xulen Lopetegi jahon chempionati uchun ro'yxatni 18 may kuni e'lon qiladi.
Mashg'ulot lageridagi tayyorgarlikdan so'ng Ispaniya termasi 7 iyun kuni Rossiyaga yo'l oladi. Ispaniya 3 iyun kuni Shveytsariya temasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi. Bu o'yinda ham “Real” futbolchilari jamoaga yordam bera olmaydi.