2017/18 yilgi Evropa Chempionlar Ligasi final uchrashuviga hakamlar jamoasi tayinlandi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.
Shunday qilib, 26 may kuni Kievdagi «Olimpiyskiy» stadionida bo'lib o'tadigan «Liverpul» va «Real» jamoalari o'rtasidagi final bahsini Milorad Majich boshchiligidagi serbiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo'ldi. Unga qanotlarda hamyurtlari — Milovan Ristich va Dalibor Jurjevich yordam beradi. Darvoza ortida esa Nenad Jokich va Danilo Gruich ishlaydi. To'rtinchi hakam – Kleman Tyurpen (Frantsiya) bo'ladi.
Avvalroq final uchrashuvini boshqarishga turkiyalik hakam – Junayd Chaqir boshchiligidagi brigada ham da'vogar ekani haqida xabarlar tarqalgandi.