"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 36-turida "Real"ga qarshi uchrashuv (2:2) hakami Alexandro Xose Ernandesa Ernandesga noma'qul gaplar aytgan deya xabar beradi Onda Cero.
Eslatib o'tamiz, hakam birinchi bo'lim oxirlarida Marseloga qarshi qo'polligi uchun Serxi Robertoni maydondan chetlatgan edi.
"Sen - tezaksan, tezak! Sen doim shunday qilasan, tezak. Biz chempionatda g'olib chiqib bo'lganmiz, bu o'yinni madridliklarga berishing shart emas", - deya Messining so'zlarini keltiradi Onda Cero.