Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining “Sevilya” va “Selta” jamoalariga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Lekin “Vilyarreal” va EChL finalidan o'rin olgan “Liverpul”ga qarshi maydonga tushishi mumkin.
Ma'lumotga ko'ra, Ronaldu mashg'ulotlarga keyingi dushanba kuni qaytadi va 20 may kuni “Vilyarreal”ga qarshi safar o'yinida maydonga tushadi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi “Barselona”ga qarshi o'yinda Pike bilan to'qnashib ketib, jarohat olgandi va tanaffusda zaxiraga olindi.