"Real" Evropa chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritib, Madridga qaytganidan keyin bayramona paradni amalga oshirdi.
"Qaymoqranglilar" Madrid ko'chalari bo'ylab usti ochiq avtobusda o'tishdi. Ko'chalar esa muxlislar bilan to'lib-toshdi. Sibeles maydoniga yig'ilgan ishqibozlar futbolchilarni olqishlashdi va klub madhiyasini kuylashdi.
"Real" futbolchilari o'tirgan avtobusga katta shriftda "Campeones 12" yozuvi tushirilgan edi.