Ispaniya chempionatining 36-turida “Barselona” – “Real” Madrid” o'yini bo'lib o'tdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
E'tiborlisi, ushbu “el-klasiko” qolganlariga nisbatan ancha qiziqarli kechdi. Jumladan, Ronaldu gol urayotgan vaziyatda jarohat oldi. Pike uning oyog'ini bosib olgandi.
Messi esa Ramosga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka bilan siylandi. Ustiga-ustak, Serxi Robertoning kutilmaganda chetlatilishi “Barselona”ning imkoniyatlarini kuchsizlantirib qo'ydi.
Ammo 10 kishi bo'lib qolgan “Barselona” “Nou Kamp”da mag'lub bo'lishni istamadi. “Real” esa Garet Beylning ajoyib goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
E'tiboringizga mavsumdagi so'nggi “el-klasiko”dan olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
DAVOMI