"Chelsi" hujumchisi Alvaro Morata "Yuventus"ga qaytishi mumkin.
Morata "Chelsi"ni tark etishni istamoqda va "Yuventus"ga qaytish uchun maoshini kamayishiga ham rozi.
Morata ayni paytda yiliga 9 million evro maosh olmoqda, "Yuventus"ning eng ko'p haq oladigan futbolchisi Gonsalo Iguain yiliga 7,5 million evro topadi.
"Yuventus" ispaniyalik futbolchiga "Chelsi" to'layotgan maoshni bera olmasligi mumkin va turinliklar uni jaraga olishlari taxmin qilinmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Real" o'yinchisi bo'lgan Morata ikki yil "Yuventus"da to'p surib, Madridga qaytgan va o'tgan yilning yozida 66 million evro evaziga "Chelsi"ga o'tgan edi.