Kecha "Kamp Nou"da bo'lib o'tgan "klasiko"dan so'ng (2:2) "Barselona" futbolchilari uchun chempionlar yo'lakchasi tashkil qilindi.
To'g'ri bu chempionlik yo'lakchasini "Real" emas "Barselona" murabbiylar shtabi va klub xodimlari tashkil qildilar. Bu g'oya muallifi Pike bo'ldi. O'yindan so'ng Jerar mikrofonni qo'liga olib shunday dedi: "Ular buni xohlamagan ekan, keling, o'zimiz chempionlik yo'lagini tashkil qilamiz, biz bir oilamiz!"
Shundan so'ng klubi xodimlari maydonda ikki qatorga turdilar va jamoani qarsaklar bilan kiyinish xonasiga kuzatib qo'ydilar.