"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya chempionatining 36-turida "Real" bilan durangdan so'ng (2:2) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bahsli vaziyatlar ko'p bo'ldi, men takroriy lavhalarni ko'rib chiqishim kerak. Serxi Robertoning foli g'alati bo'ldi. Men uning Marseloning yuziga urganidan hayron bo'ldim. Buning ham takrorini ko'rishim kerak.
Bunday o'yinlarda har doim bosim bo'ladi. U bugungi o'yinning birinchi daqiqasidanoq boshlandi. Biz o'z raqiblarimizni mag'lub etishni istaymiz.
Gollar ancha erta urildi, keyin kartochkalar tufayli hammasi fiyinlashib ketdi. "Barselona" ikkinchi bo'limda kurashdi va bir kishim kamligini sezmadi. Biz hujum qilishdan charchamadik", - deydi Valverde.