"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatida "Barselona" bilan durangdan so'ng (2:2) fikrlarini bildirdi.
"Biz yaxshi o'yin o'tkazdik. Durang adolatli bo'ldimi yoki kimdir g'alabaga haqli edimi, buni ayta olmayman.
Hakamning ishi qiyin bo'ldi. O'yinda hammasidan oz-oz ko'rinishda bo'ldi, endi hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi. Hammasi ortda qoldi.
Ikkinchi bo'limda biroz shoshibroq harakat qildik.
Krishtianuning jarohati? Hozir unda hammasi joyida emas. Ammo umid qilamanki, bu jiddiy bo'lib chiqmaydi", - deydi Zidan.