«Real» yarim himoyachisi Kazemiro «Barselona»ga qarshi o'yindan (2:2) keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Biz o'yinning borishini nazorat qildik. Krishtianu maydonni tark etganidan keyin o'yin tempini biroz tushirib qo'ydik.
Marseloga nisbatan ishlatilgan qoidabuzarlik uchun hakam toza penaltini bermadi», – dedi Kazemiro.
Eslatib o'tamiz, o'yinni Alexandro Ernandes boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishdi.