"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi ser Aleks Fergyusonga sog'lik tiladi.
Avvalroq Fergyusonning sog'ligi yomonlashgani, so'ng muvaffaqqiyatli operatsiya qilingani xabar qilingan edi.
"Mening barcha xayollarim va duolarim siz uchun, aziz do'stim. Kuchli bo'ling, boss!", - deb yozadi Ronaldu o'z tvitterida.
Ronaldu Fergyuson qo'l ostida uch marta Angliya chempionligini qo'lga kiritgan, mavsum-2007/08 da chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan.