"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl "Yuventus"ga qarshi uchrashuvdan so'ng OAV intervyu berib o'tdi.
"Aynan ushbu laxzalar uchun men bu klubni tanladim. Va umid qilamanki bu yerda hali ko'p yillar qolaman. Jamoaning bir bo'lagi bo'lish yoqimli. Menga o'yindan oldin qaydnomaga kiritilmasligim haqida gapirishgan edi, lekin men bildimki bu o'tkinchi. Maydonga tushish uchun klub bilan 5 kun davomida qattiq shug'ullandim. Va uchrashuv qaydnomasiga kirish uchun bor kuchim bilan xarakat qildim." - deydi Beyl.