“Marca” nashrining xabar berishicha, “PSJ” hujumchisi Neymar hamon “Real”ga o'tish ishtiyoqida yonmoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, braziliyalik hujumchi Ronaldu bilan o'ynashni istamoqda. Aslida, “Real” Neymarni 2019 yilning yozida xarid qilishni rejalashtirgandi, biroq futbolchi “PSJ” bilan kelisha olmayotgani tufayli mazkur transfer tezlashib ketishi mumkin. Ma'lumotlarga ko'ra, Ronalduning o'zi Neymarning Madridga ko'chib o'tishiga qarshi.