Madridning «Real» klubi «el-klasiko»dan oldin ikkinchi etakchi himoyachisidan ayrildi, deb yozadi Mundo Deportivo.
Dani Karvaxal ortidan, «Barselona»ga qarshi yakshanba kungi o'yinni Rafael Varan ham o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Futbolchi payshanba va juma kunlari mashg'ulotlarda qatnashmagan.
Avvalroq, bosh murabbiy Zayniddin Zidan «el-klasiko»da ikkinchi tarkibni maydonga tushirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.