“Real” a'zosi Iskoning “Manchester Siti”ga o'tishi amalga oshmasligi mumkin.
“Don Balon” nashriga ko'ra, “shaharliklar” rahbariyati “qirollik klubi” bilan ispaniyalik futbolchini 80 mln evro evaziga sotib olish borasida muzokara qilmoqda. Biroq Iskoning o'zi ingliz klubi bilan kelisha olmayapti. Sababi, Isko “Manchester Siti”dan yuqori maosh hamda yaxshigina bonus talab qilmoqda. Bu esa “shaharliklar”ning rejasida yo'q.