“Liverpul” yoshlar jamoasi murabbiysi Stiven Jerrard EChL finaliga “Bavariya” emas, “Real” chiqqanidan xursand.
“Finalga “Bavariya” emas, “Real” chiqqanidan xursandman. Bu klub katta tajribaga ega, ketma-ket uchinchi marta Chempionlar ligasi finaliga chiqyapti, ammo, umid qilamanki, “Liverpul” “Real”ning ojiz tomonini topa oladi. Yarim finalda “Bavariya” juda ko'p vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Bu esa Madrid jamoasi himoyasida etarlicha muammolar borligini anglatadi”, dedi Jerrard.