Kataloniyaning “El Mundo Deportivo” nashri “Real” va “Bavariya” o'rtasidagi EChL yarim final o'yinlarini boshqargan Born Kuypers va Junayt Chaqirning ishiga baho berdi. Nashr bu haqdagi maqolani quyidagicha nomladi: “Kuypers va Chaqir — “Real”ning eng yaxshi juftligi”.
Nashrning ta'kidlashicha, bu hakamlar EChL yarim finallarida “Real” darvozasiga to'rtta haqqoniy penaltini belgilashmagan.