“Real” “Bavariya”ga qarshi bo'lib o'tgan EChL yarim finali javob o'yinida o'ziga kerakli natijani qayd etib, finalga chiqdi. Bunda darvozabon Keylor Navasning xizmati juda katta bo'ldi.
“Opta” nashri kosta-rikalik posbonning nechta seyv amalga oshirganini aniqladi. Unga ko'ra, Navas raqib futbolchilarining 8 ta xavfli va aniq zarbasini qaytarishga erishgan. Bu darvozabon uchun EChLda yangi rekord hisoblanadi.