"Bavariya " bosh murabbiyi Yupp Haynkes "Real"ga qarshi EChL yarimfinalining javob uchrashuvi (2:2) uning bu musobaqadagi oxirgi o'yini bo'lganini aytdi.
"Bungacha chempionlar ligasidagi oxirgi o'yinim 2013 yilda "Borussiya"ga qarshi bo'lgan edi. Yana o'yinlar bo'lishini o'ylab ko'rmagan edim, ammo hammasi o'zgarib ketdi. Aniq aytishim mumkinki, bu musobaqadagi oxirgi o'yinim bo'ldi. Bunday qaror chiqaradigan 72 yoshli qariyalar ko'p bo'lmasa kerak", - deydi Haynkes.