"Real" klubi va Ispaniya termasining sobiq himoyachisi Alvaro Arbeola madridliklarning EChL yarimfinalida "Bavariya" ustidan qozongan g'alabasi haqida (ikki o'yin natijasiga ko'ra - 4:3) gapirdi
"Bizni o'lik deya atagan edilar, ammo biz har doimgidek yana finaldamiz. Jamoani tabriklayman. Sizlar dunyoning eng yaxshi klubi tarixiga kirdingiz. Biz Kievdamiz.
Butun jamoa yaxshi o'ynadi, ayniqsa Navas bilan Benzema. BU erda adolat bor. Gap kimningdir og'zini yopib qo'yishda emas. Ular jamoa uchun borini bermoqdalar, ular qoyilmaqomdirlar.
Haliyam "Real"ga muxlislik qilmaydigan odamlar bor ekan. BU baxtdan voz kechish degani-ku?", - deydi Arbeloa.