"Real" himoyachisi Marselo EChL yarimfinalida "Bavariya"ga qarshi javob uchrashuvida (2:2) to'p qo'liga tekkanini tan oldi.
"Ha, to'p qo'limga tekkan edi. Bu penaltimidi? O'ylashimcha, ha" - deydi Marselo urnalistlar bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, bahsli holat birinchi bo'limga qo'shib berilgan birinchi daqiqada yuzaga kelgan edi. Kimmixning uzatishidan so'ng to'p Marseloning qo'liga tegdi, hakam Junaid Chaqir vaziyaga e'tibor bermadi.