"Real" yarimfinalda "Bavariya"ni ortda qoldirib (2:2, 2:1) EChL-2017/18 finaliga yo'l oldi.
Shu tariqa, 2016 yilning 4 yanvarida madridliklar bosh murabbiyi bo'lib ish boshlagan Zinedin Zidan EChLda 9 ta pley-off o'yinining birortasida mag'lub bo'lmadi.
45 yoshli frantsuz takje ikki yil ichida (2016, 2017) ikki marta EChL g'olibligini qo'lga kiritdi va uchinchisiga yaqinlashdi.
Zidan – "Real" tarixida jamoani chempionlar ligasi/kubogi musobqasi finaliga uch marta olib chiqqan birinchi mutaxassis bo'ldi. Jamoa qatorasiga besh marta EChK g'olibligini qo'lga kiritgan yillarda (1956, 1957, 1958, 1959, 1960) jamoani uchta turli murabbiylar boshqargan.