"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL yarimfinalida "Bavariya"ga qarshi javob uchrashuvini tahlil qildi (2:2, birinchi o'yin - 2:1).
Qiyinchiliklar haqida
Hammasi yaxshi tugagasa, futbolning go'zalligi shunda. Biz yutqazayotgan edik, keyin 2:1 hisobida oldinga chiqib oldik. Keyin raqb gol urdi, hammasi o'zgarib ketdi. Ular bosim uyushtira boshladilar, bizda muammolar boshlandi.
Pley-offdagi raqiblari haqida
Biz fantastik amoaga qarshi o'ynadik. "Yuventus" ham shunday jamoa edi, "PSJ" ham. Biz top-jamoalarni chiqarib yuborganimizdan xursandmiz, ammo mashaqqatlarsiz bu bo'lmaydi.
Benzema va Navas haqida
Karim uchun xursandman, u bunga munosib. Benzema natija keltirdi. Keylr ikkinchi bo'limda shunday seyvlar qildiki... Unga ish ko'p bo'ldi. Biz juda mumnunmiz.
Azoblal haqida
Bu aqldan ozliruvchi o'yin bo'ldi, zo'r o'tdi. Futbolda azob chekishga to'g'ri keladi, ayniqsa, chempionlar ligasida. Finalga azoblarsiz chiqib bo'lmaydi. BU yurakka juda foydali.
Maqsad haqida
Biz hozircha hech narsa yutganimiz yo'q. Biz finalga chiqdik, xolos. Qatorasiga uch marta finalga chiqish - noodatiy hol. Ammo biz uni yutishga harakat qilishimiz lozim. Kubokni himoya qilish uchun hamma narsa qilamiz.