"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Haynkes EChL yarimfinalining ikki o'yini natijalariga ko'ra "Real"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi (3:4).
"Har ikki o'yinda biz "Real"dan yaxshi o'ynadik. Biz birinchi bo'limda dunyo darajasidagi o'yin ko'rsatdik, ammo katta xatomiz hammasini yo'qqa chiqardi. Birinchi o'rinda ortga bunday pas uzatilmasligi kerak edi.
"Real"ning eng yaxshi o'yinchisi Keylor Navas bo'ldi. Levandovski bilan bog'liq vaziyat? Menimcha, kimdir to'lqinni boshlab beradi va hamma jurnalistlar bunga qo'shiladilar. Men vaziyatni boshqacha ko'rmayman.
Penalti? Albatta, videoni ko'rdim, bu erda toza fol bor edi. Ammo men nolimoqchi yoki shikoyat qilmoqchi emasman. Biz vaziyatlarimizdan shu qadar ko'p foydalana olmadikki, hakamlardan shikoyat qilishga o'rin qolmadi", - deydi Haynkes.