Chempionlar ligasi-2017/18 finali "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun faoliyatidagi oltinchisi bo'ldi.
Portugaliyalik 33 yoshli futbolchi madridliklar safida to'rtinchi marta EChL finaliga chiqdi. U "Manchester Yunayted" safida ham ikki marta Evropa klublarining eng nufuzli musobaqasi finalida o'ynagan.
Ronaldu chempionlar ligasida (1992 yildan) "Milan"ning sobiq sardori Paolo Maldini rekordini takrorladi (6 final).
Ronaldu bu borada musobaqa tarixida faqat uchta futbolchidan keyin turibdi: Maldini va Xento (Chempionlar kubogini qo'shib hisoblaganda 8 tadan final) va Di Stefano (7).