Bugun, 1 may kuni Evropa chempionlar ligasining yarim final bosqichidan o'rin olgan eng qiziqarli o'yinlaridan biri bo'lib o'tadi.
Yuklab olish
Bugun, 1 may kuni Evropa chempionlar ligasining yarim final bosqichidan o'rin olgan eng qiziqarli o'yinlaridan biri bo'lib o'tadi.
Madridda “Real” Germaniyaning “Bavariya” klubini qabul qiladi. Jamoalarning dastlabki bahsdagi natijasidan xabaringiz bor. “Real” Kimmixning birinchi bo'lib urgan goliga Marselo va Asensioning goli bilan javob qaytarib, safarda g'alaba qozongan edi.
Bugun esa yana ikki buyuk jamoa o'rtasida buyuk to'qnashuv bo'lib o'tadi. Ko'pchilik futbol mutaxassislari bugungi o'yinda ikki jamoa ham gol urishini taxmin qilishmoqda. Balki mutaxassislar adashmagan bo'lishi mumkin.
Tabiiyki Zidan shogirdlari “Barselona” chempionligidan so'ng albatta, EChLda yana g'olib chiqishga harakat qiladi. Xaynkes jamoasi esa mamlakat chempionligi bilan birga EChL bosh sovrinini olishni maqsad qilgan. Bir so'z bilan aytganda bugungi o'yin avvalgilaridan qiziqroq va raqobatga boy bo'ladi. Mehmonlarga finalga chiqishi uchun bitta gol kifoya. “Real” esa aynan shu bitta golni o'tkazib yubormaslik va o'zi ham qarshi hujumlarda oldinga intilishda astoydil harakatlanadi. O'yinni o'tkazib yubormasdan ko'rish uchun albatta, bir nechta sabablar bor.
Evropa Chempionlar ligasi, yarim final.
Javob uchrashuvi.
Bosh hakam: Jyunayt Chaqir (Istanbul, Turkiya)
23:45. “Real Madrid” – “Bavariya”
Dastlabki uchrashuv: 2:1.