“Bavariya” va “Real”da to'p surgan sobiq futbolchi Paul Braytnerning fikricha, “Real” “Bavariya”dan kuchli emas.
“Odamlar nega “Real”ni “Bavariya”dan kuchli deb hisoblashyapti, tushunmayman. Birinchi o'yinda bu umuman ko'ringani yo'q. Aslida, Myunxenda “Bavariya” 5:2 yoki 6:2 hisobida g'alaba qozonishi kerak edi”, dedi Braytner.