“Real” himoyachisi Serxio Ramos “Bavariya”ga qarshi qanday o'ynash kerakligini aytdi.
“Mehmondagi g'alaba tarixda qoldi. Endi bu yog'iga ana shu shiddat bilan harakat qilishimiz kerak. “Bavariya”ga qarshi sevimli taktikamizdan foydalanishimiz lozim. Ya'ni zich himoyalanib, tezkor qarshi hujumga o'tish.
Finalga chiqishni juda istayapmiz. O'ylashimcha, shunday bo'ladi. Javob o'yinida yaxshi natija qayd etishdan umidvormiz, ammo, fikrimcha, bu safar 0:0 hisobi qayd etilsa kerak. Biz nemislarni ortda qoldirishni va sovrinimizni himoya qilishni xohlaymiz”, dedi Ramos.