“Bavariya” hujumchisi Tomas Myuller “Real”ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi.
“O'tgan yili nima bo'lganini hamma ko'rgandi, “Real” offsayddan ikkita gol urgandi. Bu safar esa “Yuventus” darvozasiga belgilangan penalti... Maydondagi o'yinga hakam ta'sir ko'rsatmasligi kerak. Bu safar o'tgan yilgi stsenariy takrorlanmasligi lozim. Biz o'yinga juda kuchli tayyorgarlik ko'rdik. Birinchi o'yinni tahlil qildik, gol ura olmagan vaziyatlarimizni va raqibning kuchsiz tomonlarini o'rgandik. Agar bu safar ham g'alaba qozona olmasak, aybdorlarni tashqaridan izlash kerak emas”, dedi Myuller.