“Bavariya” yarim himoyachisi Xames Rodriges bugun bo'lib o'tadigan EChL yarim finali javob o'yinida “Real” darvozasiga gol ursa, nishonlamasligini aytdi.
“Agar “Real”ga gol ursam, nishonlamayman. Klubda juda yaxshi xotiralar qolgan, “Real” bilan ko'p sovrinlarni qo'lga kiritganman. Bu erda ham baxtliman”, dedi Xames.