"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL yarimfinalida "Bavariya"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan fikrlarini bildirdi.
"Bavariya" o'z o'yinini ko'rsatish uchun keldi. U top-klub va ajoyib jamoa. Ammo biz ham yaxshi o'yin ko'rsatmoqchimiz. Har doimgiday tayyor bo'lamiz. Agar uddalay olsak, katta maqsadlarni ko'zlaymiz.
Asosiysi - maydonga g'alaba uchun tushish. Tezkor gol urishga harakat qilamiz. Bu bizga kerak bo'lgan narsa.
Marseloning nimalarga qodirligini hamma biladi, uning qandayligini, jamoaga nimalar bera olishini ham. U o'n yildan buyon "Real"da, uning tarixiga o'z hissasini qo'shmoqda. Marselo juda quvnoq yigit, doim hazillashadi. Safimizda shunday futbolchi va inson borligi zo'r.
Benzemada hammasi yaxshi, u gol urishni sevadi. U maydonda bor kuchini ishga soladi va yurakdan shug'ullanadi. Men u bilan boshqa o'yinchilar kabi doim muloqotda bo'laman", - deydi Zidan.